O‘ZBEKISTON SSRDA AYOLLAR TA’LIMINING RIVOJLANISHI VA UNING IJTIMOIY OQIBATLARI (1924–1991)

Authors

  • Usmonova Husnida Xudoberdi qizi Author

Keywords:

O‘zbekiston SSR, ayollar ta’limi, xotin-qizlar, savodxonlik, gender siyosati, sovet modernizatsiyasi, oliy ta’lim, ijtimoiy faollik, ayollar huquqlari, maorif tizimi, gender munosabatlari.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston SSRda 1924–1991-yillarda ayollar ta’limining rivojlanish jarayoni hamda uning ijtimoiy oqibatlari tarixiy manbalar va ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Sovet hokimiyatining ayollar savodxonligini oshirish, ularni umumiy, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimlariga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirgan siyosati yoritilgan. Shuningdek, ta’limning ayollarning ijtimoiy mavqei, iqtisodiy faolligi, siyosiy ishtiroki va oiladagi o‘rniga ko‘rsatgan ta’siri ochib beriladi. Maqolada ayollar ta’limining rivojlanishi natijasida jamiyatda yuz bergan ijobiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda, sovet mafkurasi ta’siri, gender munosabatlaridagi ziddiyatlar va “ikki yuk” muammosi kabi murakkab jihatlar ham tahlil etiladi.

Downloads

Additional Files

Published

2026-06-16

Issue

Section

Articles