KEPLER QONUNLARINING QUYOSH TIZIMI SAYYORALARI MISOLIDA EMPIRIK TAHLILI VA HISOBLASH ASOSIDA TASDIQLANISHI

Authors

  • Komiljonova Gulhayo Farg‘ona davlat universiteti Author

Keywords:

Kepler qonunlari, orbital davr, katta yarim o'q, gravitatsiya, Quyosh tizimi, Nyuton tortishish qonuni

Abstract

Mazkur maqolada Yoxannes Kepler tomonidan XVII asrda kashf etilgan sayyoralar harakati qonunlari, xususan uchinchi qonun, Quyosh tizimining sakkiz sayyorasi uchun real astronomik ma'lumotlar asosida sinovdan o'tkazilgan. Har bir sayyoraning katta yarim o'qi (a) va orbital davri (T) qiymatlaridan foydalanib, T²/a³ nisbati hisoblangan va uning barcha sayyoralar uchun birga yaqin (o'rtacha qiymat 0,9998, standart chetlanish 0,0009) bo'lishi ko'rsatilgan. Bundan tashqari, Nyuton tortishish qonuni asosida nazariy proporsionallik konstantasi hisoblab chiqilgan va u empirik natija bilan yuqori darajada mos kelishi aniqlangan (farq 0,01% dan kam). Olingan natijalar Kepler qonunining Nyuton mexanikasi bilan chambarchas bog'liqligini va uning Quyosh tizimi miqyosida yuqori aniqlik bilan bajarilishini tasdiqlaydi.

References

1. NASA Science. Orbits and Kepler's Laws. — NASA Planetary Science Division,

2024.

2. NASA Planetary Fact Sheet. — National Space Science Data Center, 2024.

3. Irodov I.E. Umumiy fizika asoslari. — Toshkent: O'qituvchi, 2018.

4. Savelyev I.V. Fizika kursi, 1-jild. Mexanika. Molekulyar fizika. — Toshkent,

2019.

5. Kepler's laws of planetary motion // Wikipedia, The Free Encyclopedia, 2026.

Downloads

Published

2026-07-01

Issue

Section

Articles